Abstract
Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida mehnatni rag‘batlantirish jarayonlarini audit qilishning innovatsion usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda rag‘batlantirish tizimining mohiyati, uning samaradorlikka ta’siri hamda moliyaviy intizomni ta’minlashdagi ahamiyati ochib berilgan. Metodologik asos sifatida nazariy tahlil, qiyosiy va empirik yondashuvlardan foydalanilgan. Natijalarga ko‘ra, mavjud amaliyotlarda rag‘batlantirish fondlarining shakllanishi va taqsimlanishida shaffoflik yetarli emasligi aniqlanib, bu xodimlar motivatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Muhokama jarayonida xalqaro tajribalar va mashhur olimlarning qarashlariga tayanilgan holda, audit nafaqat moliyaviy nazorat, balki maslahat beruvchi va boshqaruv qarorlarini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizm sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlangan.