Abstract
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimini audit qilish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud muammolar, ularning sabablari hamda takomillashtirish yo‘llari o‘rganilgan. Muallif tomonidan nazariy tahlil, qiyosiy va empirik usullar asosida auditning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, audit faqat nazorat vositasi emas, balki boshqaruvni takomillashtiruvchi strategik mexanizm sifatida qo‘llanishi zarur. Natijada, byudjet tashkilotlarida mehnat samaradorligini oshirish, xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish va shaffoflikni ta’minlash imkoniyati yaratiladi.